Yetkazib berishni boshqarish elektron tijorat sanoatining juda muhim qismiga aylandi. Onlayn yetkazmalar sonining ko’payishi bilan yetkazib berishni boshqarish tizimlari eltib berish xizmatining sifati va samaradorligini oshirish uchun o’z funksionalini kengaytirmoqda.

Bu xususiyatlardan biri issiqlik xaritasidir. Bu sizga qanday foyda keltirishini ko’rib chiqamiz:

Issiqlik xaritasi nima?

Issiqlik xaritasi — yetkazib berishni boshqarish dasturi xususiyati bo’lib, u qaysi hududlar yoki zonalardan eng ko’p buyurtma kelib tushayotganini aniqlash imkonini beradi. Dasturiy ta’minotdan oldin qilingan buyurtmalar asosida qaysi hududlardan qancha buyurtmalar kelayotganini aniqlash uchun foydalanadi. Bu foydalanuvchilarga qaysi hududlarda buyurtmalar bo’yicha faolligini aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, ular buyurtmalar soniga qarab resurslarni optimallashtirish va taqsimlashlari mumkin. Shuningdek, ular natijalarni joylashuv, mijoz yoki sana oralig’i bo’yicha filtrlashi mumkin. Keyinchalik esa foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarga asoslanib qaror qabul qilishlari mumkin.

Issiqlik xaritasi foydani oshirishga yordam beradimi?

Issiqlik xaritasi nafaqat yetkazib berish jarayonini osonlashtirib samaraliroq qiladi, balki xarajatlarni optimallashtirish va biznes rentabelligini oshirishga yordam beradi. Issiqlik xaritasining moliyaviy tomondan foydasi haqida qisqacha:

Resurslarni optimallashtirish:

Issiqlik xaritasi foydalanuvchilarga qaysi hududlar eng faol va qaysi biri unchalik yaxshi ish bermayotgani haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etish orqali resurslarni optimallashtirish imkonini beradi. Daromadni oshirish uchun siz keraksiz va ortiqcha xarajatlarni kamaytirishingiz kerak. Issiqlik xaritasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan siz ko’proq transport vositalari va xodimlarni eng faol hududlarga joylashtirishingiz mumkin.

Foydani oshirish:

Agar haydovchilar belgilangan manzildan uzoqda bo’lsa va uzoq marshrutni bosib o’tishga majbur bo’lsa, yetkazib berishning kechikishi ehtimoli 53%-dan oshadi. Bundan tashqari, buyurtmalar eng ko’p hosil bo’ladigan hududlarga xodimlarning etishmasligi ehtimoli ham mavjud. Issiqlik xaritasi foydalanuvchilarga xodimlarni to’g’ri taqsimlashga ko’maklashadi va yetkazib berish jarayonini yanada samarali qilib mijozlarning sodiqligini oshiradi.

Oqilona prognozlash:

Tabiiy ofatlarni oldindan aniq prognozlash orqali oldini olish mumkin. Issiqlik xaritasi foydalanuvchilarga qaysi fasllar yoki vaqt oralig’i va qaysi joylardan eng ko’p buyurtmalar kelishini aniqlash imkonini beradi. Bu dam olish mavsumida yoki yilning muayyan sanalari yoki vaqtlarida resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Shuningdek, siz qaysi joylardan eng kam buyurtma kelishini hisoblab chiqishingiz va ushbu hududlarda xizmat ko’rsatishda resurslarni tejashingiz mumkin.

Xarajatlarni kamaytirish:

Issiqlik xaritasi foydalanuvchilarga resurslarni samarali optimallashtirish orqali xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Yoqilg’i va transport xarajatlarining kamayishi bunga yaqqol misol bo’la oladi —uzoq masofalarga yetkazib berish yoki unchalik faol bo’lmagan hududlarga eltib berishga sarflanadigan xarajatlar tejaladi. Bundan tashqari, buyurtmalar kamroq joylarda kamroq xodimlarni yollab, pulingizni tejashingiz mumkin.

Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.