Biznesning katta-kichikligidan qat’iy nazar, operatsion menejerlar taqdim etilayotgan xizmatlar sifati va ulardan foydalanish jarayonida mijozlarning qoniqishlari uchun javobgardir. Operatsion menejerlarning 67%-dan ortig’i ko’pincha bir nechta elektron jadvallarni yuritishga va cheklangan vaqt oralig’ida vazifalarni qo’lda bajarishga majbur bo’ladi. Bu esa tartibsizlikka va ish sifatiga bevosita ta’sir qiladigan xatolarga olib keladi.
Onlayn yetkazmalar soni ortib borayotganligi sababli, menejerlar haydovchilar o’rtasida buyurtmani taqsimlash va jarayonni boshqarishi, mijozlar so’rovlari va sharhlarini kuzatishi, hisobotlarni yaratishi va uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashi kerak. Ushbu muammolarning ko’plab sinab ko’rilgan va sinovdan o’tgan yechimlari muvaffaqiyatga olib kelmagan — yetkazib berishni boshqarish tizimidan foydalanishdan tashqari.
Yetkazib berishni boshqarish tizimlari operatsion menejerlarga xizmatlarni yaxshilashga yordam beradigan bir necha yo’llar:
- Yetkazib berish jarayonini avtomatlashtirish: Dasturiy ta’minotdan foydalanish avval qo’lda bajarilgan vazifalarni soddalashtiradi — menejerlar barcha jarayonlarni bir platformada osongina kuzatishi va boshqarishi mumkin. Bu inson xatosi ehtimolini kamaytiradi va ish samaradorligini oshiradi. Tadqiqotlarga ko’ra, an’anaviy boshqaruv usullari bilan taqqoslaganda, jarayonni avtomatlashtirish kamida 74,7% samaraliroq va uyg’unliroqdir.
- Takomillashtirilgan avtopark kuzatuvi: Shipox kabi yetkazib berishni boshqarish dasturi mijozlarga real vaqtda transport vositalarining joylashuvi haqida maʼlumotga olishga imkon beradi. Bu menejerlarga haydovchilarning ishini kuzatish va muammolar yuzaga kelishini (yetkazma kechikishi, bo’sh to’xtashlar va h.k.) nazorat qilish imkoniyatini beradi.
- Buyurtmani avtomatik tarzda taqsimlash: Yetkazib berishni boshqarish tizimi bilan menejerlar o’z vaqtida yetkazib berish uchun har bir haydovchining joylashuvi yoki bo’sh vaqti mavjudligini kuzatishlari shart emas. Haydovchilarning 41%-dan ortig’i vazifalari ko’payib ketgani va shu paytning o’zida esa boshqa xodimlar bo’sh bo’lishidan shikoyat qiladi. Shipox Drivers ilovasi ish yukining adolatli va samarali taqsimlanishini ta’minlab, yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni avtomatik ravishda belgilashi mumkin.
- Daromadni oshirish: Ko’pchilik yetkazib berishni boshqarish tizimi (DMS) savdo yoki moliyaviy vosita bo’lmasa-da, rentabellikni oshirishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida savol beradi. Biroq, DMS xarajatlarni optimallashtirish orqali biznesingizning daromadliligini bevosita oshirishi mumkin. Marshrutni optimallashtirish va real vaqtda kuzatish kabi funksiyalar yordamida yonilgʻi va transport xarajatlaringizni kamaytirishingiz mumkin. Shuningdek, mijozlar tajribasini yaxshilash va ularni ushlab qolish orqali rentabellikni bevosita oshirishingiz mumkin.
- Yaxshilangan aloqa: Samarali muloqot boshqaruv jarayonlar muvaffaqiyatining 63,8%-ga asosini tashkil qiladi. Haydovchilar uchun dastur sizga yangilanishlar va vazifalaringiz haqida aniq ma’lumot olish imkonini beradi, bu xabarlar yoki qo’ng’iroqlardan foydalanishdan ko’ra ancha samaralidir. Bundan tashqari, mijozlar o’z vaqtida yetkazib berish muddati haqida bildirishnomalarni olishadi va hatto jonli tarzda buyurtmalarini kuzatishlari mumkin.
- Batafsil tahlil: Menejerlar kunning katta qismini hisobotlarni yaratish va ularni kuzatish bilan o’tkazadi, bu ko’p vaqt talab etadi, lekin aniq natijalarni kafolatlamaydi. Shipox-ning Dashboard Analytics xususiyati sizga bitta boshqaruv panelida yetkazma samaradorligini kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi. Bu vaqtni tejaydi va aniq natijalarni kafolatlaydi.
Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.