Giperlokal (giper-mahalliy) yetkazib berish cheklangan geografik hududda sotuvchidan mijozga to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berish jarayonidir. Jarayon shundan iboratki, kuryer yetkazmani sotuvchidan olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridorga yetkazadi. Biroq, bu doirada ba’zi cheklovlar mavjud — yetkazib berish bo’yicha geografik cheklovlar va vazn cheklovlari. Ushbu turdagi yetkazib berishning shubhasiz afzalligi shundaki, yetkazmalar bir necha soat ichida eltib beriladi.

O’z navbatida, “oxirgi mil” yetkazib berish turi ombordan (habdan) mijozga eltib beriladi. Ushbu jarayonning maqsadi yetkazmani imkon qadar tezroq eltib berishdir. Oxirgi mil (ta’minot zanjiridagi eng oxirgi qadam) eng muhim komponent hisoblanadi va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun ustuvor hisoblanadi. Jarayonning oxirgi mili qimmat va ko’p vaqt talab qiladi, ammo to’g’ri tashkil etilganda, bu investitsiyalar kompaniyaning samaradorligi va rentabelligini oshiradi. Oddiy so’zlar bilan aytganda, oxirgi mil — bu yetkazmani ombordan mijozga og’irligi yoki toifasi bo’yicha hech qanday cheklovlarsiz yetkazib berish jarayoni.

“Oxirgi mil” va giperlokal yetkazib berish o’rtasidagi asosiy farqlar:

Mahsulot turi:

Giperlokal yetkazib berish muhitida eltib berilishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning ayrim turlari mavjud. Bunga dori-darmonlar, oziq-ovqat va tayyor taomlar kiradi, shuning uchun yetkazib berish uchun kamroq vaqt talab etiladi.

Boshqa tomondan, “oxirgi mil” yetkazib berishda hech qanday toifa cheklovlari yo’q: oshxona anjomlari, kiyim-kechak va maishiy texnika va boshqa mahsulotlar yetkazib berilishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarini eltib berishda bunday yetkazib berish turidan foydalanilmaydi.

Yetkazib berish hududi:

“Oxirgi mil” yetkazib berish turida yetkazma hududida hech qanday cheklovlar yo’q. Kuryerlar tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun 30 km masofani bosib o‘tishlari mumkin. Yetkazib berish hudulari omborning joylashuviga qarab belgilanadi.

Boshqa tomondan, giperlokal yetkazib berish bilan yetkazma hududi cheklangan. Maksimal yetkazib berish masofasi 5 dan 15 km gacha.

Yetkazib berish vaqti:

Giperlokal yetkazib berishda yetkazma geografik hudud cheklanganligi sababli kamida 3 soat va maksimal 8 soat ichida yetkazib beriladi. Qoplanadigan maydon “oxirgi mil” yetkazib berish turidan kamroq, shuning uchun yetkazib berish ham kamroq vaqt oladi.

“Oxirgi mil” uchun maksimal yetkazib berish muddati 12 dan 16 soatgacha. Agar xaridorga yetkazib berish muddati oldindan hisoblanib aytilgan bo’lsa, mahsulot shu vaqt ichida yetkazib berilishi kerak. Agar yetkazib berish katta maydon doirasida amalga oshirilsa, buyurtmalar mijozga biroz kechikish bilan eltib berilishi mumkin.

Og’irlik va hajm cheklovlari:

“Oxirgi mil” uchun posilka (yetkazma) hajmi chegarasi yo’q. To’lov summasi posilkaning hajmi va og’irligiga bog’liq. Yetkazib berish xarajatlari narxga kiritilgan bo’lib sotuvchilar uchun qo’shimcha xarajatlarni talab qilmaydi.

Boshqa tomondan, giperlokal yetkazib berish mahsulot og’irligi bilan cheklangan — maksimal vazn 10-12 kg-ni tashkil etadi. Sababi, yetkazib berish 2 yoki 3 g’ildirakli avtomobilda amalga oshiriladi. Ortiqcha vazn sotuvchilar uchun qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Yetkazib berishni boshqarish dasturi oxirgi mil va giperlokal yetkazib berishni avtomatlashtirishga yordam beradi. Qo’shimcha ma’lumot uchun quyidagi havolaga o’ting: https://shipox.com/uz/narxlar/