Saudiya Arabistoni turli sohalarga aloqador yetkazib berish xizmatini ochish uchun jadal rivojlanayotgan bozordir. Saudiya Arabistonida faqatgina onlayn oziq-ovqat yetkazib berish bozori 511 million dollarga baholanadi va kelgusi yilda yanada ko’proq o’sishi kutilmoqda. Ko’pgina kompaniyalar bozor saloxiyatini baland baholab ushbu mamlakatda o’zlarining onlayn yetkazib berish xizmatini yo’lga qo’yish harakatida. 

Biroq, Saudiya Arabistonida yetkazmalar biznesini boshlash oson emas, buning sababi biznesni qonuniy yo’lga qo’yish uchun rioya qilish shart bo’lgan ko’plab hukumat qonun va qoidalaridadir.

Saudiya Arabistonida o’z yetkazib berish biznesingizni qanday boshlashingiz mumkinligi haqida qisqacha qo’llanma:

  1. Oqilona reja ishlab chiqing

Biznesni boshlashda katta talabga ega bo’lgan muammoga yechim taklif qilayotganingizga ishonch hosil qiling. Mahsulotingiz iste’molchilarning muayyan ehtiyojlari yoki talablariga javob bermasa, undan hech kim foydalanmaydi. Qaysi xizmatlar yoki mahsulotlarni sotmoqchi ekanligingizni aniqlashtirgandan so’ng, biznes-reja ishlab chiqishingiz kerak bo’ladi.

Biznes-rejani ishlab chiqish, uni 50 sahifada batafsil ma’lumotlargacha yozish degani emas. Biznes-rejada biznes strategiyasi va biznes modeli, qanday taktikani qo’llamoqchi ekanligingiz, shuningdek, rejani hayotga tatbiq etish uchun mablag’lar miqdori qisqacha tavsiflanishi kerak. Onlayn yetkazib berish xizmati uchun siz yetkazib berish hududini, muddatini, avtopark boshqaruvini va boshqa logistika jarayonlarini rejalashtirishingiz kerak.

  1. Sarmoya jalb qiling va mahsulotingizni rivojlantiring

Aniq reja tuzganingizdan so’ng, biznesingizni boshlash uchun kerak bo’lgan kapitalni to’plash uchun uni investorlarga taklif qilishni boshlang. MChJni ro’yxatdan o’tkazish uchun minimal mablag’ 500 000 rial, aksiyadorlar soni 2 dan 50 gacha bo’lishi kerak. Bundan tashqari, mahsulot va brendingizni rivojlantirish uchun kapital ham kerakligini hisobga olishni unutmang. 

Saudiya Arabistonida mablag’ yig’ishning turli manbalari mavjud: biznes farishtalari, venchur kapital investorlari orqali, kraudfanding yoki o’zini o’zi moliyalashtirish. Faqatgina 2021 yilning uchinchi choragida Saudiya startaplari venchur kapital investorlari mablag‘larini 4 baravar oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Demak, reja to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, natija uzoq kutilmaydi.

Delivery Service Businesses
  1. Barcha hujjatlar va qonunlardan xabardor bo’ling

Hukumat texnologiya biznesini ochishni Aloqa va axborot texnologiyalari komissiyasiga (CITC) topshirdi va 2020 yil boshida komissiya yetkazib berish biznesini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatini tasdiqladi. Ular iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va yetkazib berishning yuqori standartlarini ta’minlash uchun mo’ljallangan.

CITC jamoatchilikka kompaniyalar rioya qilishi yoki yangilashi kerak bo’lgan qonun va qoidalar ro’yxatini e’lon qildi (hujjatlarni shu yerda ko’rishingiz mumkin). 

Hujjatlar ro’yxati orasida tadbirkorning shaxsiy guvohnomasi, tadbirkorlikni ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma va boshqalar mavjud. Biznes iste’molchi ma’lumotlarini himoyasini ta’minlashi, fikr-mulohazalarni qabul qilish va ular ustida ishlash tizimi mavjudligini ta’minlashi, barcha transport vositalarini ro’yxatdan o’tkazishi, haydovchilarga litsenziya berishi, bajarilmagan taqdirda buyurtmani qaytarish mexanizmiga ega bo’lishi kerak.

Hukumat qonunlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda, bu esa barcha xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlardan kompaniya siyosati va yetkazib berish xizmatlari shartlari malaka talablariga javob berishni talab qiladi. Bu katta miqdordagi jarimalar yoki mamlakatda biznesni to’xtatilishi kabi oqibatlarning oldini olish uchun kerak.

  1. Yetkazib berishni boshqarish dasturidan foydalaning

Yetkazib berishni boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari va murakkabliklari mavjud. Yetkazib berishni qo’lda boshqarish mumkin, ammo bu 100% nosozliklar va insoniy xatolarga olib keladi, bu esa xizmatlar sifatini buzishi mumkin. Yetkazib berishni boshqarish tizimi orqali marshrutni optimallashtirish, oxirgi mil yetkazib berish va avtoparkni boshqarish kabi vazifalarni osonlikcha amalga oshirish mumkin.

Ba’zi kompaniyalar turli xil funktsiyalarga ega bo’lgan turli xil dasturiy ta’minotni birlashtiradi va masalaning moliyaviy tomonini hisobga olmaganligi tufayli boshqaruvda qiyinchiliklarga duch keladi. Shuning uchun eng oqilona yechim buyurtma qabul qilish va yetkazib berishni boshqarish uchun bitta yaxlit tizimni tanlashdir (masalan, Shipox-ni). Bu sizga bitta platformada yetkazib berish jarayonlarini to’liq boshqarish uchun barcha kerakli funktsiyalardan foydalanishga imkon beradi. Bunday dasturiy ta’minot yordamida biznes jarayonlaringiz avtomatlashtirilgan va samarali bo’ladi. Shunday qilib, siz xarajatlar va resurslarni optimallashtirishingiz va biznesingizni rivojlantirishga to’liq e’tibor qaratishingiz mumkin.

  1. Eng so’nggi tendentsiyalardan xabardor bo’ling

Qonun va qoidalarga qo’shimcha ravishda siz tez o’zgaruvchan bozor tendentsiyalari va sanoat talablaridan xabardor bo’lishingiz kerak. Buning uchun raqobatchilarning faoliyati bilan qiziqing, iste’molchilar talabini qoniqtirish uchun bozor yangiliklariga moslashing.

Masalan, ayni paytda logistika biznesi jadal rivojlanmoqda. 2020 yilda faqatgina Saudiya Arabistonida ombor (inventar nazorati) jarayonini avtomatlashtirish 25% teng bo’ldi. Statista so’rovi ishtirokchilarining 40-45% 2024 yilga kelib omborlarni jismoniy avtomatlashtirishda bundanda yuqori o’sish kutayotganliklarini bildirishdi, chunki bu logistika tezligi, hajmi va moslashuvchanligini oshiradi. 2027 yilga kelib, butun dunyo bo’ylab iste’molchilarning 40%-dan ortig’i ekologik toza va barqaror ta’minot zanjirini talab qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, kelajakda yetkazib berish tezligiga katta e’tibor qaratiladi va butun dunyo bo’ylab oxirgi mil yetkazmalari soni ortadi. Ushbu prognozlarni hisobga olgan holda, kompaniyangiz uzoq muddatli rejalar va maqsadlarni oldindan ishlab chiqishi kerak bo’ladi.

Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.