Biznes-masala: Xalqaro brend bo’lmish dvigatel moylari va avtomobillarni parvarish qilish bo’yicha dunyodagi yetakchi distribyutorlardan biri Liqui Moly yetkazib berish jarayonlarini samarali optimallashtirish uchun dasturiy ta’minotni izlashni boshladi. Kompaniya buyurtmalarni kuzatish va xaridorlarga yetkazib berish holati (statusi) to’g’risida xabar berishning eskirgan va noqobil usullaridan voz kechdi. O’z o’rnida u bir vaqtning o’zida barcha ehtiyojlarni qondira oladigan zamonaviy, ishonchli va avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni qidirishga tushdi. Liqui Moly mintaqadagi distribyutor kompaniyalar orasida birinchi bo’lib o’z faoliyatida yetkazib berishni boshqarish tizimini joriy qilgani sababli, jamoa va mijozlarni yangi tizimga o’rgatish oson bo’lmadi.

Muvaffaqiyat sari yo’l: Shipox o’z mijozlari orasida birinchi distribyutorlik kompaniyasi bilan ishlash vazifasini o’z zimmasiga oldi: biznesni puxta rejalashtirdi va ehtiyojlarni qondirish uchun rejani mijozning istaklariga moslashtirdi. Yetkazib berish masalalarini to’liq tushunish va mijozning biznes ehtiyojlarini qondirish maqsadida mijozlar jamoasi bilan ko’p bosqichli munozaralar o’tkazildi. Bundan tashqari, biz tizimni ishga tushirish va jamoaning ish jarayonlariga silliq o’tishini ta’minlash uchun bir qator treninglar o’tkazdik (ham joylarda, ham ofisdan tashqarida). Yangi dasturiy ta’minotga moslashish Liqui Moly jamoasi uchun ham qiziqarli, ham qiyin bo’ldi. Biroq, bizning mijozlarimizga ko’rsatgan yordam va qo’llab-quvvatlashimiz barcha dastlabki muammolar, to’siqlar va shubhalar iloji boricha tezroq hal qilinishini ta’minladi. Asosiy maqsad — bu jarayonni jamoa va kompaniya mijozlari uchun imkon qadar muammosiz va oson o’tkazish edi.

Liqui Moly ko’proq yetkazib berish jarayonining samarasizligi va shaffof emasligi haqida tashvishlanardi. Kompaniya har kuni turli ustaxonalarga 40-50 ta motor moyini yetkazib berishi kerak edi. Biroq, yetkazib berishning samarasiz usullaridan foydalanish rahbariyat uchun ham, mijozlar ehtiyojini qondirish uchun ham noqulayliklar yaratdi. Masalan, haydovchilarni yoki marshrutlarni kuzatishning ishonchli usuli yo’q edi. Yetkazib berish jarayonining samaradorligini nazorat qilishdagi cheklovlar va yetkazib berish xodimlarining to’g’risozligini aniqlab bo’lmasligi ko’pincha uzoq yo’nalishlarda yoqilg’i tanqisligiga, yetkazma kechikishiga va xaridorlarning noroziligiga olib kelardi. Kompaniya transport vositalariga biriktirilgan GPS-trekerlardan foydalangan — garchi bu yondashuv marshrutlarni kuzatishga imkon bergan bo’lsa-da, haydovchilarda aniq yetkazib berish joyi bilan aloqa yo’q edi.

Shipox-ning marshrutni optimallashtirish, haydovchilar uchun ilova, real tarzda kuzatuv va issiqlik xaritasi kabi xususiyatlari ularga ko’proq foyda keltirishini aniqladik. Yetkazib berishni boshqarish tizimi ularga yetkazib berish xizmatini jonli tarzda kuzatib borishga yordam berdi, bu esa buyurtmalarni qisqa vaqt ichida yetkazib berilishini kafolatladi. Bundan tashqari, marshrutni optimallashtirish xususiyati ularga eng yaxshi marshrutni aniqlashga yordam berdi — bu vaqt, yoqilg’i va yuk tashish xarajatlarini tejaydi. Qolaversa, jamoa haydovchilarga buyurtmalar berishi va yetkazib berish jarayonini yakuniy bosqichigacha kuzatishi mumkin bo’ldi. Shuningdek, issiqlik xaritasi qaysi joylarda buyurtmalar ko’proq ishlab chiqarilayotganini kuzatishga imkon berdi, bu esa jarayonlarni tartibga solish va resurslarni oqilona taqsimlashga yordam berdi. Kompaniyaning CRM tizimi bilan integratsiyasi mijozlarga yetkazib berish holati to’g’risida SMS-xabarnomalarni yuborish imkonini berdi. Umuman olganda, o’tilgan yo’l kutilmagan qiyinchiliklar va sa’y-harakatlarga to’la bo’ldi, lekin bularning barchasi oxir-oqibat Shipox DMS-ni kompaniya tizimi va jarayonlariga muvaffaqiyatli tatbiq etishga olib keldi.

O’zgarishlar:

Tez orada Liqui Moly Shipox DMS integratsiyasi menejmentni yaxshilash va mijozlar ehtiyojini qondirish uchun muhim ekanligini ta’kidlab o’tdi. Ular o’z kompaniyalarining insoniylik, barqarorlik va sifat menejmenti qadriyatlariga sodiq bo’lgan holda, hozirgi jarayonlarini yangilash uchun dasturiy ta’minotdan foydalana boshladilar. Hozirda kompaniya yetkazib berish jarayonining boshqa ko’plab jihatlarini yangilash va avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minotning ko’proq imkoniyatlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.