Butun dunyoda ovqatlanish odatlari va jamiyatning oziq-ovqatga bo’lgan munosabati o’zgarmoqda. Iqtisodiyot yuksalishi bilan oziq-ovqat sanoati ham rivojlanib bormoqda. Jahon oziq-ovqat yetkazib berish sanoati hozirda 150 milliard dollardan ortiqqa baholanmoqda (bu 2017 yilning ko’rsatgichiga nisbatan uch baravar ko’p). Mutaxassislarning fikricha, oziq-ovqat yetkazib berish sanoati 2022 yilda jadal o’sishda davom etadi, bozor raqobati esa oshadi.

Oziq-ovqat yetkazib berish sohasidagi so‘nggi statistik ma’lumotlarni shu yerda tekshirishingiz mumkin.

Oziq-ovqat sanoati yildan-yilga o’zgarib bormoqda, turli xil yetkazish xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalar (ya’ni restoranlar, bulutli oshxonalar, mobil oziq-ovqat buyurtma platformalari va boshqalar) soni ko’paymoqda. Raqobat kuchayib borayotgan bo’lsa-da, o’sish va muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyatlar shubxasiz mavjud. Oziq-ovqat yetkazib berish sohasida muvaffaqiyat qozonish usullari bilan tanishing:

  • O’ziga jalb qiladigan taomnoma (menyu) yarating

Oziq-ovqat biznesida hamma narsa ta’mga bog’liq. Sizning onlayn taomnomangiz jozibali, foydalanish uchun qulay va ko’plab mijozlar e’tiborini jalb qila oladigan bo’lishi kerak. Taomnomani talab yuqori bo’lgan mijozlardan kelib chiqib tuzing: taomlaringiz xilma-xil, tansiq, mazali bo’lishi kerak — bir so’z bilan aytganda, raqobatchilardan ustunroq bo’lishga harakat qiling. Ma’lumotlarga ko’ra, yuqori sifatli “yulduzli” menyu oziq-ovqat yetkazib berish sohasida 5 mijozdan 3-tasini e’tiborini jalb qiladi.

  • Muloqot vositalarini takomillashtiring

Onlayn buyurtma berish — oziq-ovqat yetkazib berida samarali usul hisoblanadi, ammo telefon qo’ng’iroqlarini hali ham urfdaligini yodda tuting. Ko’pgina mijozlar onlayn buyurtma berishda insonlar bilan gaplashishni qadrlashadi va ishonch bildirishadi. Jamoangiz (shu jumladan haydovchilar va buyurtmani qabul qiluvchi xodimlar) mijozlar bilan aniq, xushmuomala va professional tarzda gaplashishga o’rgatilgan bo’lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, jamoa ichki muloqotini samarali qiling — bu buyurtma berish va yetkazib berish jarayoni muammosiz ishlashi uchun muhimdir.  

  • Buyurtmalarni qabul qilishda texnologiyalardan foydalaning

Insonlar, ayniqsa, bir vaqtning o’zida bir nechta vazifani bajarayotganda, beixtiyor xatolarga yo’l qo’yishadi. Buyurtmalarni qabul qilishda yoki mijozlar talablariga javob berishda xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun veb-saytingizda va mobil ilovalaringizda onlayn va raqamli buyurtma mexanizmlarini qo’llang. Biz bulutli telefoniya funksiyasini qo’shishni qat’iy tavsiya qilamiz (agar mijoz sizning liniyangizga qo’ng’iroq qilsa-da va u band bo’lsa, qo’ng’iroq avtomatik ravishda qo’shni liniyaga yo’naltiriladi). Bu mijozlar bilan ishlash jarayonini yanada ishonchli va xavfsiz qiladi.

  • Yetkazib berish jarayonini avtomatlashtiring

Qo’lda yetkazib berishni boshqarish (ayniqsa oziq-ovqat sanoatida) tartibsiz va odatda samarasiz jarayondir. Bir vaqtning o’zida bir nechta buyurtmalar ustida ishlash kerak bo’lsa ham, har bir mijozga tez va uzluksiz xizmat ko’rsatish kerak bo’ladi. Har qanday kutilmagan holatlar yoki oziq-ovqat yetkazib berishdagi muvaffaqiyatsizliklar mijozni yo’qotishga olib keladi. Muvaffaqiyatli oziq-ovqat yetkazmasini ta’minlash uchun yetkazib berish jarayonini avtomatlashtirishingiz kerak. Buni Shipox kabi yetkazma boshqaruvi tizimida ro’yxatdan o’tish orqali amalga oshirish mumkin. Bu orqali, siz benuqson yetkazib berish jarayonini ta’minlay olasiz va barcha operatsiyalarni yagona markazlashtirilgan platformadan boshqarasiz. Bu hozirgi kunda oziq-ovqat yetkazib berish sanoatida tez rivojlanish va o’sish uchun zarurdir.

  • Mijozlaringizni birinchi o’ringa qo’ying

So’nggi tadqiqotlarga ko’ra, sotuv o’sishining 53%-dan ortig’i mijozlar ehtiyojini qondirishga bog’liq ekanligi aniqlandi. Ya’ni, agar mijozga taom sifati va mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasi yoqsa, takroriy buyurtma berish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Shu sababli, mijozlaringizning talablari va ehtiyojlari (shu jumladan gigiyena, taom mazasi, muloqot va yetkazib berish tezligi) eltib berishning barcha bosqichlarida qondirilishi lozim.

  • Qadoqni yaxshilang

Bugungi kunda xaridorlar mahsulotning tashqi ko’rinishiga katta e’tibor berishadi. Ular buyurtma bergan mahsulot ko’rinishi o’ziga jalb qilishi kerak. Shuning uchun, qadoqni brendlashga imkon qadar ko’proq e’tibor qarating: unga logotip va brend ranglari tushirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, har bir turdagi oziq-ovqat uchun mos qadoqni tanlang, shunda taom yetkazib berish jarayonida to’kilmasligi va asl ko’rinishini saqlab qolishi kerak.

Shipox — bu ma’lumotlarga asoslangan yetkazib berishni boshqarish dasturi bo’lib, u turli sohalardagi mutaxassislarga bozorda raqobatbardosh xususiyatlar va mijozlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatlaridan bahramand bo’lish imkonini beradi. Shipox foydalanuvchilari yetkazib berish jarayonining samaradorligini oshirishlari, xarajatlarini oqilona optimallashtirishlari va xizmat ko’rsatish sifatini oshirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun shu yerda tezkor demonstartsiyaga ariza qoldirishingiz mumkin.